Rossiyalik shifokor Jizzaxda
Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Rossiya ftiziatriya ilmiy-tekshirish institutining Vrachlar malakasini oshirish kafedrasi mudiri Marina Yakimova viloyat shifokorlari bilan “Mahorat darslari” o‘tkazdi.
Xorijlik mutaxassis tibbiyot markazida davolash, profilaktika ishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, rossiyalik shifokor viloyatdagi hamkasblari bilan hamkorlikda bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib, ularga zarur maslahatlar berdi.