Vatan ichra kichik vatan

Vatanga muhabbat ona allasi bilan qalbimizga jo bo'ladi. Ana shu yuksak tuyg'u tufayli biz o'zligimizni anglaymiz. E'tibor beringga, bir necha kun uyimizdan uzoqda bo'lsak, qay holatda bo'lmaylik unga talpinaveramiz. Bu oshiyon – bizning kichik Vatanimiz, barchamizni jamul-jam qiladigan muqaddas makon. Kimdir ishdagi yana kimdir o'qishdagi yutuqlarini so'zlaydi. Oilamiz davrasida qizg'in suhbat, shodu xurramlik hukmron. Shunday shirin lahzalarni hech nimaga almashtirib bo'lmaydi. Nazarimda baxt degani shu bo'lsa kerak.

Ertamizni bugundan yaratamiz. Ezgulik hamisha dilimizda. O'zaro ham­ji­hatlik bois, oilamizda osoyish­talik hukmron.

Yurtni ardoqlash, uning bir siqim tuprog'ini ko'z qorachig'idek asray bilish, bu bizning burchimizdir. Vatan bu avvalo biz yashayotgan uy, mahalla, ta'lim olayotgan maktab.

Har tong ko'z ochib munavvar tongni ko'raman. Yana bir qutlug' kun bo'y ko'rsatadi. Nurlar bilan o'ynayotgan sharqiroq suvlar shiddati dilga huzur baxsh etadi. Qo'limga qog'oz va qalam olib, yurt jamoliga chizgilar bergim keladi. Dostonlarga sig'magan madhi buyuk, qudratli yurt. Shu yurtning farzandi ekanligimdan qalbimda g'urur, tilimda shukrona.

Nodira OMILXONOVA,

poytaxtimizdagi 17-maktab o'quvchisi

Яна ўқинг:  Офтобагул кашталар

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: