Еkologik madaniyat – davr talabi

O'zbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayhontohur akademik litseyida “Sog'lom avlod” gazetasi qoshidagi “Ozod yurt bolalari” klubining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi. 22-aprel – Хalqaro уerni muhofaza qilish kuni munosabati bilan atrof muhit muhofazasiga bag'ishlangan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavjuda Rajabova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Ra'no Zaripovalar qatnashib, mavzu yuzasidan ma'ruza qildilar.

Shuni alohida ta'kidlash kerak-ki, bilim maskani hududida o'quvchilar «Ekologik madaniyat – talaba fazilati» shiori ostida ustozlari bilan birgalikda gul, mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekib, parvarish qilishayotgani ularning ona yerga bo'lgan mehri va atrof muhitga bo'lgan e'tiborining yorqin namunasidir.

Tadbirda deputat M. Rajabova tabiatni asrab-avaylash, uni sevish va tabiiy boyliklarni keyingi avlodga yetkazib berishdek muhim ishga yosh avlod o'z hissasini qay holatda qo'shmog'i lozimligi haqida talabalarga gapirib berdi. Jumladan, u Ona zaminimizda 500 dan ortiq foydali elementlar borligi, tabiiy zahiralardan me'yorida foydalanish davr talabi ekanligi, kuz faslida hazon yoqilishi natijasida yerning ustki qatlami o'z hosildorligini yo'qotishi mumkinligi, shuning uchun bunday holatlarni ko'rganda loqayd bo'lmasdan kerakli choralarni ko'rish barchaning insoniylik burchi ekanini uqtirdi. Bu borada mamlakatimizda O'zbekiston Respub­likasining “Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to'g'risida”gi kabi qonunlarning qabul qilinganligi, shuningdek, ayni kunda ekologiya qonunchiligini va ularni qo'llash amaliyotini yanada takomillashtirish yuzasidan keng qamrovli ishlar olib borilayotgani haqida gapirdi.

R.Zaripova atrof muhit muhofazasi milliy qadriyatlarimizdan biri ekanligi, qadimiy ajdodlarimiz – Zardo'shtiylarning “Avesto” kitobida, Sharq mutaffakirlari Forobiy, Beruniy asarlarida, umuman Sharq falsafasida to'rt unsur – suv, havo, tuproq, quyosh zarrasi – olov muqaddas hisoblanganligi haqida gapirib, atrof-muhit muhofazasini asrashga, “Ozod yurt bolalari” klubi orqali gazetada o'z fikr-mulohazalari, ijodi bilan qatnashishga da'vat qildi.

Tadbir so'ngida ishtirokchilarga “Sog'lom avlod” gazetasining “Ozod yurt bolalari” klubi faoliyati aks etgan nashrlar tarqatildi.

Muhabbat XO'JAMURODOVA

Яна ўқинг:  Ёшлар терма жамоамиз Португалияни мағлуб этди

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: