DADAJON
Dadajon doimo bo'ling sog'-omon,
Siz borki baxtimiz to'kisdir har on.
Shirin suhbatingiz dilga jo bo'lar,
Uyimiz doimo quvonchga to'lar.
Ishlaysiz biz uchun ter to'kib har dam,
O'g'lim, qizim,- deysiz aslo qilmay kam.
Bag'ringizga bosib mudom suyasiz.
Mehr-la boshimiz silab qo'yasiz,
Dadajon doimo bo'ling sog'-omon,
O'gitlaringizga sodiqmiz har on.
Suyangan tog'imiz, ham qalqonimiz,
Sizsiz hammadan ham mehribonimiz.
Orastabonu TILOVBERDIYEVA,
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 229-maktabning 7-sinf o'quvchisi