AKS-SADO

Anvarjon va uning sinfdoshlari ta’til paytida o‘qituvchilari bilan toqqa chiqdilar. Tog‘ bag‘riga yetib qolishganida Anvarjon baland ovozda Latifni chaqirdi. Shunda uning gaplarini kimdir takrorlab aytdi.

U bir zum hayron bo‘lib qoldi va do‘sti Latifga “Sen meni gapimni qaytarayapsanmi?” – deb so‘radi.

– Yo‘q – deb javob berdi Latif ham do‘stining gapidan lol qolib.

Unda kim meni so‘zlarimni qaytarayapti, balki bu yerda yana kimdir bordir, – deb o‘yladi Anvarjon. U biroz o‘ylab turdi-da o‘qituvchisining oldiga borib “Ustoz bu yerda yana kimdir bor ekan, u meni gaplarimni qaytarayapti”, – dedi.

Shunda ustozi kulimsirab bu aks-sado ekanligini, tog‘larda baland ovozda so‘zlashilsa u qaytarilishini aytdi. Anvarjon shunda gapini qaytarayotgan aslida o‘zining aks-sadosi ekanligini tushundi. Demak, hayotda ham bizning yaxshi va yomon amallarimiz o‘zimizga qaytishi bejiz emas ekan-da?!

Iqbolxon MUHAMEDOVA,

Yakkasaroy tumanidagi 73-maktabning 4-sinf o‘quvchisi

Яна ўқинг:  Кураш: ЭЪТИБОР ВА ЭЪТИРОФ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: