EGILUVCHAN VA “AQLLI” BILAGUZUK

Xorijlik olimlar tomonidan yuqorida nomi tilga olingan buyum yaratildi. Uni yilda bir marta zaryadlash, ya’ni, quvvat bilan to‘yintirish kifoya. Qo‘lga taqiladigan bu buyum an’anaviy “aqlli” bilaguzuklar va fitnes-trekerlarga nisbatan ancha xaridorgir.

Shunday qilib, “Apple” kompaniyasi “aqlli” bilaguzuk uchun patent oldi. Ilgari ixtirochilar egiluvchan smartfonning prototopini namoyish etishgan edi. Yangi kashfiyot – “Eyecatcher” nomli “aqlli” bilaguzuk Kaliforniya shtatining Oklend hududidagi ixtirochilar tomonidan kashf etildi.

Ushbu dizaynerlik aksessuari qiziqarli va ko‘pgina funksiyalarni bajarishi bilan xaridorlar e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Uning 5-dyumli ekrani elektron siyohdon texnologiyasi asosida tuzilgan. Chunki, bevosita tasvir o‘zgarishi bilan ekran yangilanib turadi. Shuningdek, u quvvatni ham kam sarf etadi. Ekran bilaguzukning butun yuzasini egallaydi. Bir vaqtning o‘zida unda xabarlar, aniq vaqt, QR-kodi, xarita, yangiliklar ketma-ketligi, insonning jismoniy faolligi xususida va shu kabi boshqa ma’lumotlarni kuzatish mumkin. Qurilma kumush, bronza va po‘lat rangida ishlangan bo‘lib, uni erkak va ayollar kiyimlariga moslab xarid qilishlari mumkin. Shuningdek, unda kiyimga mos tasvir paydo qiluvchi funksiya ham mavjud. Ushbu zamonaviy qurilmaning batareya quvvati qurilmaga 8 ming marotaba ekranni yangilashga yetadi.

GULNOZA tayyorladi

Yana o‘qing:  Baxmaldagi yashil kengliklar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: