NURLI LAHZALAR

Men Qurbonov Husan 1992-yil 1- oktyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tavallud topganman. Eng qiziqarli jihati ushbu sana Respublikamizda “Ustoz va murabbiylar” kuni ekani, ayniqsa, bobomlarni quvontiradi. Bobom Mirzaliyev Qurbonboy asli matematik, uzoq yillar mobaynida Yangiyo‘l tumanidagi 10-sonli umumta‘lim maktabida matematika fanidan dars bergan. Bobom bu yil 70 yoshni qarshi oldi, hozirgi kunda ham maktabda yosh matematiklar to‘garagiga rahbarlik qiladi. Rus, ingliz tillarda bemalol so‘zlashganimni ko‘rgan bobojonim hamisha barakalla, deb yelkamga qoqib qo‘yadi.

Ayni vaqtda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti “Xalqaro biznes” fakulteti talabasiman.

Aniq fanlarga juda ham qiziqaman va ushbu fanlardan mahallamizdagi maktabda to‘garak tashkil qilib, iqtidorli o‘quvchi yoshlar bilan qo‘shimcha dars olib boryapman. O‘z navbatida sport turlaridan Taekwon-do bilan muntazam shug‘ullanaman. Maqsadim, kelajakda mustaqil respublikamizni jahon hamjamiyatiga tanishtirishda o‘z hissamni qo‘shish.

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti professor o‘qituvchilaridan olayotgan bilim va amaliyot mashg‘ulotlaridagi ko‘nikmalar, tez-tez bo‘lib turadigan xalqaro yarmarkalar, konferensiyalar olayotgan bilimlarimizni o‘z navbatida mustahkamlab borayotir.

Yurtboshimizning “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida hozirgi yosh avlodning bilim olishiga doir qimmatli fikrlari bizga dasturamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Axir shunday Vatanda yashayotganing, intilsang barcha yorug‘ yo‘llarning ochiqligi baxt emasmi?

Men bir oddiy xizmatchi ziyoli xonadon farzandiman. Lekin qalbimdagi yurtimga nisbatan ishonchim, Vatanimning tinchligi, xalqimning ertangi kunga nisbatan umidi yuksakligi menga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Oradan yillar o‘tadi farzandlarimiz bizdan ham har tomonlama bilimliroq, kuchliroq bo‘ladi. Bizdan ko‘ra yaxshiroq yashaydi. Demak, bizning mustaqil Vatanimiz – O‘zbekiston yanada kuch-quvvatga to‘lib boraveradi. Hayotimning nurli lahzalari shu kunlarda erishayotgan bilimim, eng muhimi, shu davr so‘rovlariga javob beraoladigan darajadagi iqtidorli do‘stlarim, bu o‘tayotgan kunlarning har lahzasi mubolag‘asiz har bir tengdoshlarimiz hayotida ham unutilmas kunlar bo‘ladi.

Husan QURBONBOYEV,

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti talabasi

Яна ўқинг:  Кўнгилларга солинган кўприк

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: