Yurt himoyasi – yigitga sharaf

Xalqimizda Vatanni, vatanparvarlikni ulug‘lovchi maqollar-u, rivoyatlar, afsonalar-u haqiqatlar juda ko‘p. Har birimiz, bolaligimizdan ana shunday ertak, doston va rivoyatlarni eshitib ulg‘ayarkanmiz, bu jarayonda To‘maris-u Shiroqning jasorati, Jaloliddin Manguberdi-yu, Sohibqiron Amir Temurning vatanparvarligini o‘zimizda his qilamiz, ularga o‘xshashga intilamiz.

Men ham bolaligimdan ana shunday tuyg‘ular og‘ushida ulg‘aydim. Shu sababli Vatan himoyachisi bo‘lishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman. Har gal jannatmakon O‘zbekistonimiz sarhadlarini hushyorlik va sergaklik bilan qo‘riqlayotgan, egnidagi harbiy libosi o‘ziga yarashgan o‘tyurak askarlarimizni ko‘rganimda Vatan himoyachisi bo‘lish orzuim yanada qat’iylashadi.

Aslida, harbiy bo‘lish sharafli, o‘ta mas’uliyatli kasb hisoblanadi. Negaki, u kishidan chuqur bilim, qat’iyat, mustahkam sog‘liq va iroda, fidoyilik va matonat talab etadi. Shu bois kursant degan nomga ega bo‘lishga chuqur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lganlargina loyiq ko‘riladi.

Bu borada men kabi yoshlarga qulaylik yaratish, qolaversa, harbiylik kasbiga bolalikdan ko‘nikma hosil qilishimiz uchun qator maktablarda harbiy sport sinflari tashkil etilgan. Ana shunday ta’lim muassasalaridan biri Toshkent shahri Hamza tumanidagi 161-umumta’lim maktabidir. Ayni paytda mazkur ziyo maskanida ellikdan ortiq yigit-qiz harbiy kasb sir-asrorlarini qunt bilan o‘rganmoqda. O‘zim ham ushbu maktabning 9-sinf (harbiylashtirilgan shutrum sport guruhi)da a’lo baholarga o‘qiyapman.

Zobit bo‘lish oson emasligini juda yaxshi bilaman. Shu sababdan ham sportning dzyudo, qo‘l jangi turlari bilan muntazam ravishda shug‘ullanyapman. Bularning hammasi menga kelajakda judayam qo‘l keladi, deb o‘ylayman. Albatta, bu o‘rinda bizga ta’lim-tarbiya berayotgan fidoyi ustoz, murabbiy-ofitserlar, o‘qituvchilar mehnatini alohida tilga olib o‘tishni joiz deb bilaman. Maktabimizda harbiy sinflarning tashkil etilishidan asosiy maqsad o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va harbiy tayyorgarlikdan bilimlarini oshirish, ularda sohaga doir ko‘nikmalarni hosil qilishdan iboratdir.

O‘tgan yillar davomida mazkur ilm dargohini yuzlab o‘g‘lonlar tugatdi. Ular tahsildan keyin yurtimizning barcha mintaqalarida o‘z xizmat burchlarini sharaf bilan o‘tashayotir. Bugungi o‘quvchi kursantlarimiz esa mustaqil O‘zbekistonimizning ertangi himoyachilaridir.

Yaqinda maktabimizning 5-sinfida tahsil olayotgan o‘quvchilar harbiy qasamyod qabul qilishdi. Ushbu tantanali marosimda yurtimiz bayrog‘ini ko‘tarib shaxdam qadamlar tashlab oldingi safda bordim. Shuurimni ajib hislar qamrab oldi. Mustaqil O‘zbekistonning qalbi quvonchga to‘la, orzu-istaklari amalga oshayotgan baxtiyor farzandi ekanimdan cheksiz faxrlandim. Qalbimda esa ona-Vatanimga bo‘lgan mehr-muhabbatim yanada jo‘shdi. Vatanim oldida hali qarzim ko‘p. Ana shu qarzni uzishning birdan bir yo‘li ofitser bo‘lib, yurt tinchligini himoya qilish. Kelajakda dilimga tukkan barcha ezgu maqsadlarim ro‘yobga chiqishiga ishonaman.

Яна ўқинг:  ОНАЛИК САОДАТИ – ОЛИЙ ШАРАФ

Bekzod JUMAYeV,

Toshkent shahri, Hamza tumanidagi

161-Harbiy-sport maktabi o‘quvchisi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: