Sport – shavqim, shiddatim

O‘zbekiston – iste’dodlar makoni. Yoshlarga mamlakat miqyosida qaratilayotgan e’tibor esa ana shunday iste’dodlarning kashf etilishiga turtki bo‘lmoqda. Yurtimizda sportga, ayniqsa, bolalar sportiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Sportchi yoshlarimiz esa ana shunday g‘amxo‘rlikka o‘zlarining tirishqoq va mehnatsevarliklari bilan javob qaytarishmoqda. Sportning qaysi yo‘nalishini olib qaramang unda faxrlanishga arzigulik yosh chemponlarimiz talaygina topiladi. Ular nafaqat sportda, balki o‘qishda ham tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelishmoqda.

Ziyobek yoshligidan sportga mehr qo‘ydi. Ayniqsa, televizor orqali sharq yakkakurashlariga asoslangan film yoki ko‘rsatuvlarni maroq bilan tomosha qilardi. Undagi bu qiziqishni ko‘rgan otasi Husniddin Bekiyev 10 yoshli o‘g‘lini Azamat Karim sport sog‘lomlashtirish markaziga olib bordi. Shu kundan boshlab Ziyobek sportning shotokan karate-do turi bilan shug‘ullana boshladi. U yerda taniqli murabbiy VII dan qora belbog‘ sohibi Xo‘jamqul Xo‘jaqulov unga karatening sir-asrorlarini o‘rgata boshladi. Ziyobekdagi intilish va mehnatsevarlik o‘z samarasini bera boshladi.

Tez orada klub miqyosida o‘tkazilgan musobaqada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, mehnatlari bejiz ketmayotganini ustozlariga ko‘rsatdi.

O‘tgan yili, ayniqsa, yosh sportchimiz uchun omadli keldi. Azamat Karim sport sog‘lomlashtirish majmuasi miqyosida o‘tkazilgan musobaqada 10 – 13 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida shotokan karate-doning kumite va kata yo‘nalishlarida 2-o‘rinni egalladi.

Joriy yilda Azamat Karim sport sog‘lomlashtirish markazi tomonidan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan musobaqada kumite va kata yo‘nalishlarida yana bir bora o‘zini namoyon etib, oltin medal bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari Ziyobek o‘ndan ortiq diplom va medallar sohibi. U hozirgi kunda poytaxtimizdagi 226-maktabda tahsil oladi. Sport va o‘qishni bir xil olib borayotgan yigitchaning o‘qishlari ham tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgulik. Zero u, maktabda ham eng ilg‘or o‘quvchilardan hisoblanadi. Shu bois rus tili bo‘yicha maktab miqyosida “Eng a’lochi o‘quvchi” nominatsiyasida faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Ziyobek birgina maktabdagi darslar bilan chegaralanib qolmaydi. Bo‘sh vaqtlarida turli to‘garaklarga qatnashadi. Ingliz tili va rasm chizish uning eng yoqtirgan mashg‘ulotlaridir.

Ismi jismiga mos Ziyobek hech qachon izlanishdan, ilm ziyosidan bahramand bo‘lishdan charchamaydi. Yurtimizda ana shunday yoshlar bor ekan Vatanimizning kelajagi buyuk bo‘lishi, shubhasiz.

Яна ўқинг:  Одамнинг тафти

Fayoza AVLAYeVA

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: