Maktab va oromgohning suhbati

Negadir yozning tashrifidan maktab o‘ychan, oromgoh esa xursand edi. Shunda oromgoh maktabga debdi:

– Endi sen bolalarsiz zerikib qolasan-a, men esa ular bilan koptok o‘ynayman, suvda cho‘milaman.

Maktab javob qilibdi:

– Yo‘q, men vaqtni bekorga o‘tkazishni yoqtirmayman, ishlarim juda ko‘p, hali sinf xonalarni ta’mirlashim, elektr simlarini tuzatishim, yirtilgan kitoblarni yelimlashim, kutubxonadagi kitoblarni tartibga keltirishim kerak. Sen ham vaqtingni o‘yin bilan o‘tkazishdan ko‘ra birorta foydaliroq ish qil.

Oromgoh maktabning so‘zlaridan hayratlanibdi. Va shundan keyin “Axir hamma olimlar, shoiru yozuvchilar, rassomlar, san’atkorlar maktabda yaxshi o‘qib shunday darajaga yetishishgan-ku. Demak, endi men ham bolalarga o‘xshab uch oy dam olib, uzoqdan turib bo‘lsa ham maktabda tahsil olaman”, – deganicha qat’iy ahd qilibdi.

Ansor MATYoQUBOV,

Chilonzor tumanidagi 163-umumta’lim maktabning 2-sinf o‘quvchisi.

Yana o‘qing:  “Universiada – 2016”: tayyorgarlik so‘nggi bosqichda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: