Qadriyatlarga hurmat yoshlar ma`naviyatini boyitadi

Yaqinda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi zalida “Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi.

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi va Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va u asosida ishlab chiqilgan Dasturga muvofiq tashkil etilgan ko‘rgazmaning ochilishida muzeylar rahbarlari, yosh hunarmandlar, rassomlar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari, xalqaro san’at festivallari va sport musobaqalari g‘oliblari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri M.Hojimatov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida milliy madaniyatimiz va san’atimizni ravnaq toptirish, ma’naviyat maskanlari hisoblangan muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ulardagi nodir ashyolar, osori-atiqalarni saqlash, o‘rganish, mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlar mustaqil va sog‘lom tafakkurli, yuksak ma’naviyatli avlodni kamolga yetkazishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Ko‘rgazmada muzeylarda saqlanayotgan betakror eksponatlar, foto va tasviriy san’at namunalari, yosh usta, hunarmand va me’morlar asarlari, kashtado‘zlik, miniatyura, zargarlik buyumlari keng namoyish etildi. Shu bilan birga, usta kulol, hunarmand va mohir rassomlar tomonidan mahorat saboqlari o‘tkazildi. Yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, Vatanimizning dunyodagi nufuzi yanada ortishiga munosib hissa qo‘shayotgan iqtidorli, ijodkor va sportchi yoshlar bilan suhbatlar uyushtirildi.

Tadbirda “Nihol” mukofoti sovrindorlari ijrosida konsert namoyish etildi.

N.NORBOBOYeV

Яна ўқинг:  Хушхабар, рақамлар (2014/22-23)

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: