DUO QILASIZ
Bizga bor mehrin bergan,
Har on holimiz so’rgan,
Baxtini bizda ko’rgan,
Yagonam otam-onam.
Ulg’ayadi bo’yimiz,
Shod aylamoq o’yimiz.
Siz bor nurli uyimiz,
Nurxonam -otam,onam.
Boshimizni silarsiz,
Bizga omad tilarsiz.
Doim duo qilasiz,
Mehribon — otam, onam.
Dilhayot ERKINOVA,
Angren shahridagi 25-maktab o’quvchisi