Ijod ishtiyoqi bilan

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Kamoliddin Behzod memorial bog‘-muzeyida “Go‘zallik yaratishga intilib” deb nomlangan albom taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan barcha tadbirlar milliy san’atimiz an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, rassom, usta va dizaynerlarimizning ijodini har tomonlama qo‘llab-quvatlashga hamda jamiyatda estetik didni o‘stirishga qaratildi.

Taqdimot marosimida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi A.Nuriddinov so‘zga chiqib, mazkur albomning yaratilishida yurtimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning o‘rni muhim ekanini aytib o‘tib, bunday e’tibor ijodkorlarni yangi-yangi izlanishlar va yaratuvchanlikka undashini ta’kidladi.

“Fikrlar parvozi”, “Sarchashma” kabi rangli kataloglar qatorida taqdim etilgan “Go‘zallik yaratishga intilib” albomi ham O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining bugungi kundagi salmoqli faoliyati, amaliy san’at usullari, ikki yuzdan ortiq ijodkorlar: ustoz rassomlar hamda yosh musavvirlarning eng sara asarlari haqida ma’lumot beradi.

Anjumanda O‘zbekiston Badiiy Akade-mi-yasining o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlari tahlil etilib, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar ham belgilab olindi.

Dilfuza MALIKOVA

Яна ўқинг:  Tabiatning jonli bo‘lagi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: