Ta’tilda maroqli sayohat

Mamlakatimiz istiqlol yillarida har bir o‘g‘il-qizga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, xususan, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari hamda kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yaqinda Toshkent shahri va viloyatidagi “Mehribonlik uy”larining 100 nafar tarbiyalanuvchi Samarqand shahriga sayohat uyushtirdi. Ushbu xayrli ish “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida bolalarning qishki ta’til kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.

Sayohat davomida bolajonlar qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning noyob me’moriy obidalari hamda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan istiqlol yillarida shaharda barpo etilgan muhtasham binolar, madaniy-ma’rifiy inshootlar, sayilgohlar va bog‘larni tomosha qildi.

– Ushbu sayohat menda katta taassurot qoldirdi, – deydi poytaxtimizdagi 23-”Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi Mirsobir Rixsiboyev. – Sayohatdan so‘ng menda nafaqat ushbu shahar, balki butun yurtimiz tarixi, ota-bobolarimiz qoldirgan boy madaniy merosni chuqur o‘rganish istagi tug‘ildi.

Darhaqiqat, bunday tadbirlar yosh avlodning ona Vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirib, xalqimizning betakror madaniy merosiga chuqur hurmat ko‘rsatish ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Sarvar IS’HOQOV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi yetakchi mutaxassisi

Яна ўқинг:  Vatan himoyasi – mardlar farzi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: