Yoz oromgohda soz o’tadi
Bolalarning yozgi ta'til kunlarini mazmunli o'tkazish maqsadida poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 39-umumta'lim maktabi qoshida «Gulg'uncha» nomli yozgi sog'lomlashtirish oromgohi tashkil qilingan. Dam olish maskanida bolalar maroqli hordiq chiqarish bilan birga sport, chet tili, tasviriy san'at, «Ertaklar — yaxshilikka yetaklar» kabi yo'nalishlardagi to'garaklarga qatnashadi. Shuningdek, oromgohda turli tadbir va qiziqarli uchrashuvlar, sport musobaqalari ham o'tkazib kelinmoqda.
Mazkur sog'lomlashtirish oromgohi 4 navbatda tashkil etilgan bo'lib, maskanda har bir mavsumda 50 nafar o'quvchi dam olishi mo'ljallangan.
F.Tolipov,
«Sog'lom avlod» muxbiri