Bolajonlarga zavq ulashib…

San’atni sevmaydigan, undan hayratlanmaydigan bola bo‘lmasa kerak. U kichkintoylarga go‘zallik, chinakam do‘stlik va baxt-saodat ulashadi.

Maktabimizda boshlang‘ich sinflar o‘rtasida bir necha yillardan beri rassomchilik, haykaltaroshlik, raqs, musiqa kabi o‘nga yaqin to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. O‘zim rahbarlik qilayotgan rassomchilik to‘garagida bolajonlar asosan predmetning o‘ziga qarab chizish, ranglarni aralashtirib boshqacha ranglar hosil qilish, kompozitsiya – syujet tuzish asosida rasm ishlamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga atab o‘quv dargohimizda “Hayotimiz qomusi” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil qildik. Ko‘rikka o‘quvchilar tomonidan 100 ga yaqin ijodiy ish topshirildi. To‘garak a’zolaridan Muxlisa Murodova, Xurshida Oblaqulova, Orzumurod Xolmurodov kabi yosh mussavirlar ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida ham muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallashdi. Shuningdek, rasm chizish bo‘yicha “O‘zbekiston hayvonlari” va “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar” mavzularida ham tanlovlar bo‘lib o‘tdi.

Devoriy gazetalarning ko‘rkam, bezakli va mundarijasi boy bo‘lishi to‘garak a’zolarining mahoratlariga ham bog‘liq. Jumladan, “Boychechak”, “G‘uncha”, “Nihol” kabi devoriy gazetalar ana shular sirasiga kiradi. Kichkintoylar muhim kunlar va shonli sanalarga atab muntazam rasmlar chizib borishadi. Ular maktab ma’muriyati tomonidan rag‘batlantiriladi.

Miniatyura – o‘ziga xos san’at asari bo‘lib, unda falsafa va nozik did mujassam. Musavvir ranglarni shunchaki ifodalamaydi, balki ularni qalbidan, yuragidan o‘tkazib chizadi. Biz bolajonlarga shular haqida ma’lumotlar berib borayapmiz. “Chiziqlar, shakllar, ranglar – xuddi tirik mavjudotga o‘xshaydi. Ular kuylaydi ham, sayraydi ham, o‘ylatadi ham”, – degan edi Chingiz Axmarov.

Biz pedagoglar mashg‘ulot davomida to‘garak a’zolariga mahorat, nozik did, taniqli musavvirlar ishlaridan xabardor bo‘lib borish zarurligini ta’kidlaymiz. Ular doimo ijodiy yaratuvchanlik va izlanishdan aslo charchamasliklari va borliqni tasvirlay bilish kerakligini anglashlarini tushuntirib boramiz.

Nigora BOZORBOYEVA,

G‘allaorol tumanidagi 73-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Ayollarni yoshartiruvchi mavrak

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: