Qand kasalligi bilan og‘rigan bemor qachon non iste’mol qiladi?

Ma’lumki, qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uglevodlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilishi oqibatida qon tarkibida glyukoza miqdori oshib ketadi.

Shu sababli bemorlar bunday mahsulotlardan o‘zlarini tiyadilar. Biroq, bu kabi yeguliklarni ovqat so‘nggida iste’mol qilish organizm uchun unchalik xavf tug‘dirmas ekan.

Beyll Kornell tibbiyot kolleji mutaxassislari 2-turdagi qand kasalligi bilan og‘rigan 16 nafar bemor ishtirokida tadqiqot o‘tkazdi. Ishtirokchilar uch marta bir xil mahsulot (non, tovuq go‘shti, salat va apelsin sharbati)ni turli tartibda iste’mol qilishdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, uglevodlarni birinchi navbatda iste’mol qilgan ko‘ngillilardan ko‘ra, bunday mahsulotni so‘nggi navbatda yegan kishilarning qonida glyukoza miqdori taxminan ikki barobar kam bo‘lgan.

Bundan tashqari mahsulotlarni aralash iste’mol qilgan kishilardan ko‘ra uglevodlarni ovqatlanish so‘nggida yegan ko‘ngillilar qonida qand miqdori 40 foizga kam ekanligi aniqlangan. Shuningdek, uglevodlarni ovqatlanish so‘nggida iste’mol qilish qon tarkibida insulin miqdorini pasayishiga ta’sir etuvchi, ishtaha ochuvchi va glyukoza miqdorini tartibga solishda ishtirok etuvchi gormon ajralishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yana o‘qing:  Qanday qilib bo‘yinni sog‘lom saqlash mumkin?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: