Tashkent challenger – 2017: birinchi davra bahslari yakunlandi

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi va O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Tashkent Challenger – 2017” an’anaviy xalqaro turnirining birinchi davra bahslari yakunlandi.

Sportchilarimiz Denis Istomin va Farrux Do‘stov musobaqaning birinchi davrasida o‘zaro bahslashdi. Uchrashuvning birinchi setida Denis tay-brekda imkoniyatni boy berdi. Biroq tajribali tennischimiz qolgan setlarda o‘yin tizginini o‘z qo‘liga olib, 6: 7,6: 1,7: 5 hisobida g‘alaba qozondi va ikkinchi davrada Bosniya va Gersegovina vakili Aldin Setkichga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Shuningdek, birinchi davrada belaruslik Vladimir Ignatik, serbiyalik Danilo Petrovich, ispaniyalik Gilyermo Garsiya-Lopes, chexiyalik Vatslav Shafranek, italiyalik Matteo Berrettini, Tomas Fabbiano, rossiyalik Konstantin Kravchuk, Aleksandr Bublik, fransiyalik Gleb Saxarov, hindistonlik Yuki Bhambri, misrlik Muhammad Safvat zafar quchib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Bilmay tikon bosganlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: