Yaxshi kayfiyat emdori samaradorligini oshiradi
Umuman olganda, inson kayfiyati butun tanaga ta’sir o‘tkazadi. Ma’lum bo‘lishicha, agar odam mavsumiy gripp epidemiyasiga qarshi emlanish vaqtida yomon kayfiyatda bo‘lsa, immunizatsiya (organizmni kasal yuqmaydigan qilish) samarasi kamayadi.
Stress va turli ruhiy-emotsional kechinmalar immunitet tizimiga ta’sir qilishi oldindan ma’lum. Endilikda olimlar ushbu omillar emlash samarasiga ham ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Tadqiqot doirasida olimlar 138 nafar ko‘ngillining kayfiyati, jismoniy faolligi, ratsioni va uyqu sifatini haftasiga uch martadan baholab borishdi.
Barcha ishtirokchilar emlanganidan so‘ng, olimlar emdorining samarasini tekshirib bordi. Tadqiqot natijasida, yaxshi kayfiyat emdori samaradorligini oshiradigan muhim omil ekanligi isbotlandi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.