Homilador ayollarning immun tizimi tadqiq etildi
Stenford universiteti qoshidagi Tibbiyot maktabi tadqiqotchilari va “March of Dimes Prematurity” markazi mutaxassislari tarixda ilk bor homilador ayollarning immun tizimidagi o‘zgarishlarni tadqiq etdilar.
Olimlarning fikricha tug‘ruqni oldindan bilish mumkin ekan. Bu jarayonning qachon kechishini esa homilador ayollarning “immun soati” aniqlab beradi. Hozirgi kungacha shifokorlarga onaning immun tizimi embriondan qutilish holatiga yo‘l qo‘ymasligi aniq edi. Biroq, ayni vaqtgacha barcha o‘zgarishlar haqida hech kim batafsil tadqiqot o‘tkazmagan.
Tadqiqotchilarning maqsadi bo‘lajak onaning immunitet holati va “immun soat”ning ishlash muddatini to‘liq tahlil qilish hisoblanadi. Shuningdek, mutaxassislar nima sababdan muddatidan oldin tug‘ruq sodir bo‘lishi va uni qanday qilib oldini olish mumkinligini aniqlashni maqsad qilgan. Agar olimlar muddatidan oldingi tug‘ruqning immun holatini qayd etsalar, unda shu jarayon bo‘yicha qon tahlilidagi o‘zgarishlarni aniqlaydilar. Hozircha mutaxassislar homiladorlik davri uchun immunitet moslashuvi xronologik rivojlanishga javob beruvchi hujayra dasturlarini aniqlash imkoniga ega bo‘ldilar.