Suvga sakrash bahslari yakunlandi
Poytaxtimizda suv sporti turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan IX Osiyo chempionatining suvga sakrash bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 oltin, 5 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Msobaqaning so‘nggi hal qiluvchi kunida sportchilar 10 metrlik platformadan sakrash bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi. Unda sportchimiz Yuliya Nushtayeva qizlar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar bahsida Botir Hasanov shohsupaning uchinchi pog‘onasini egalladi.
Osiyo chempionatida suzish va suv polosi bo‘yicha bahslar ham qizg‘in o‘tmoqda.
100 metrga erkin suzish bo‘yicha o‘tgan bahslarda Xurshidjon Tursunov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Aleksey Tarasenko va Alyona Tomina bronza medal bilan taqdirlandi. 200 metr masofaga brass usulida suzgan Fotima Omilova marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi, 50 metrga ushbu usulda suzgan Aleksey Sidorchuk bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning 4x100 metrga estafeta bahslarida o‘g‘il bolalar va qizlar terma jamoalarimiz oltin medalga sazovor bo‘ldi. 100 metrga erkin suzish bo‘yicha aralash estafeta bahslarida ham suzuvchilarimizga teng keladigani topilmadi.
Suv polosi musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston termasini 11: 5, qizlar terma jamoamiz xitoylik tengdoshlarini 8: 5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Musobaqalar davom etmoqda.
T. ORTIQOVA