Go‘shtni ko‘p iste’mol qiluvchilar diabetga moyil bo‘ladi

Singapurlik tadqiqotchilar go‘shtni ko‘p iste’mol qilish diabet rivojlanishiga sabab bo‘lishini ta’kidlashmoqda. Bu go‘sht tarkibida gem miqdori ko‘pligi bilan qisman bog‘liq. Gem – kislorodning tana bo‘ylab tarqalishiga yordam beruvchi gemoglobin tarkibi.

Olimlar 1993 yildan 1998 yilgacha 45 – 74 yosh oralig‘idagi 63257 nafar odamning ma’lumotlarini topladi va tahlil qildi. Shundan so‘ng ular ishtirokchilarni o‘rtacha 11 yilga yaqin nazorat qilib bordi. Tadqiqot natijasida, go‘shtniko‘p yeydigan insonlarda diabet xavfi yuqori bo‘lishi aniqlandi.

Jumladan, go‘shtni hammadan ko‘ra ko‘p iste’mol qiladiganlarda diabet rivojlanishi xavfi kam go‘sht yeydiganlarga nisbatan 23 foiz kamroq bo‘ldi. Shuningdek, go‘sht o‘rniga baliq va dengiz mahsulotlari iste’mol qilish kasallik xavfini kamaytirishi ham ma’lum bo‘ldi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  SIZ QANDAY O‘ZGARASIZ?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: