Suvdagi litiy moddasi aqli zaiflikdan saqlaydi
Tarkibida litiy moddasi ko‘p suvni ichadigan odamlar aqli zaiflikka kamroq moyil bo‘ladi. Daniyalik 800000 nafar odamning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqqan Kopengagen universiteti mutaxassislari buni isbotladi. Suvga litiy qo‘shib ichish ham aqli ziflikdan himoya qilishi mumkin, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.
Olimlar 73000 nafar aqli zaiflikka yo‘liqqan va 733000 nafar sog‘lom ishtirokchilarga litiyning ta’sir darajasini baholadi. Natijalar har xil bo‘ldi. E’tiborli tomoni, tarkibida o‘rtacha miqdorda litiy elementi bo‘lgan suv kasallik xavfini unchalik kamaytirmasligi ma’lum bo‘ldi.
Litiy miqdori kam suvni (1 litrida 2–5 mikrogramm) ichganlar aqli zaiflikka o‘rtacha miqdordagi litiyli suvni ichganlardan ko‘ra 22 foiz kamroq yo‘liqdi. Litiy ko‘p (litrida 5,1–10 mg) suvni iste’mol qilganlarda esa kasallik xavfi 17 foiz kamroq bo‘lishi aniqlandi. Olimlar yana izlanishda davom etyapti.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.