Bolalarga yoshligidan bilim berib borish ularning maktabdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi

Nyu-York universitetida o‘tkazilgan yangi tadqiqot bolaga maktabga kirishidan oldin uy sharoitida bilim berish uning maktabdagi muvaffaqiyatini ta’minlashini ko‘rsatdi. Ota-onalar farzandlariga yosh paytidanoq o‘quv materiallari olib bersa, muhim mavzularda suhbatlashsa, bilim berib borsa, bolalarda aqliy qobiliyat erta shakllanadi. Natijada, ular maktabda yaxshi o‘qishadi, deb xabar beradi The Hindustan Times nashri.

Olimlar bir guruh bolalarni tug‘ilishidan boshlab, beshinchi sinfni bitirguniga qadar nazorat qilib bordi. Bolalarning muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq omillarga baho berildi. Tekshiruvlardan so‘ng, maktabdan oldin uyda bilim berib borish bolalarning aqliy funksiyalarini rivojlantirishi ma’lum bo‘ldi.

Bolalarning nutqi va boshqa qobiliyatlariga ijobiy ta’sir qilgan uchta asosiy omil – bolalarning ta’lim olishi, ota-ona va bola munosabatining yaxshiligi hamda o‘quv materiallarining (masalan, kitob, o‘yinchoq) mavjudligi deb topildi.

Bolalarning beshinchi sinfdagi yutuqlari ham bolaligida olgan ta’limi bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi. Tadqiqotchilar shulardan kelib chiqib, ota-onalar farzandlariga maktabda yaxshi natijalarga erishishi uchun yordam berishi mumkin, degan xulosaga keldi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  “Chizkeyk” torti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: