“E’tirof – 2013”
DIQQAT, TANLOV!
O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi va O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda matbuot va internet nashrlarda jamiyat hayotida kechayotgan jarayonlar tezkor, xolis va haqqoniy tahliliy jihatdan yuksak saviyada yoritilgan materiallar ko‘lamini oshirish, bosma nashrlarni shaklan va mazmunan takomillashtirish, ularning jahon standartlariga mos rivojlanishi, dunyo axborot maydonida o‘z o‘rnini egallashi, raqobatbardosh bo‘lishi va nufuzi oshishiga ko‘maklashish, jurnalistlarning kasbiy mahoratini oshirish, nashrlar o‘rtasida professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashishga yordam ko‘rsatish, iqtidorli mualliflarni rag‘batlantirish maqsadida gazeta, jurnallar, internet agentliklari va nashrlari o‘rtasida «E’tirof – 2013» tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi moliyaviy ko‘magida o‘tkaziladi.
Tanlov nominatsiyalari:
– eng yaxshi ijtimoiy-siyosiy nashr;
– eng yaxshi iqtisodiy nashr;
– eng yaxshi sport nashri;
– eng yaxshi bolalar nashri;
– gazeta va jurnalning eng yaxshi dizayni uchun;
– eng yaxshi internet-agentligi va nashr;
Tanlov o‘tkazish tartibi va shartlari
Tanlov 2012 yilning 1 sentyabridan 2013 yilning 1 sentyabrigacha o‘tkaziladi. G‘oliblar quyidagi mezonlar bo‘yicha aniqlanadi:
– nashrning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ommaviyligi;
– materiallarning rang-barangligi va dolzarbligi;
– badiiy-estetik bezatilishi.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar yetakchi jurnalistlar, jamoat tashkilotlari va tegishli idoralaridan iborat hay’at a’zolari tomonidan baholanadi.
Tanlovda qatnashish istagini bildirgan tahririyatlar fond direksiyasiga yozma ravishda murojaat qilishlari lozim.
G‘oliblarni taqdirlash
Tanlov g‘oliblari «O‘zbekiston Matbuoti» III Milliy forumida e’lon qilinadi.