Forum ishtirokchilari seksiyalarga bo‘lindi
Shahrisabz shahrida “O‘zbekiston Respublikasida ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari va unda yoshlarning o‘rni” mavzusidagi Forum davom etmoqda.
Mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan mazkur forumda 4 yo‘nalishda munozara seksiyalari tashkil etildi.
Ishchi guruhlar ichki turizm shakllari va rivojlanish istiqboli, yoshlar turizmi, turizmga ixtisoslashgan ta’lim, bunda jamoat tashkilotlarining roli, hududlardagi turizm infratuzilmasi holati (joylashtirish vositalari, yo‘lovchi logistikasi, yo‘lbo‘yi infratuzilmasi va boshqalar), bunda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining roli, ichki turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha ish olib bormoqdalar.
Xurshida HUSENOVA,
Shahrisabz