Temir moddasi yetishmovchiligi eshitish qobiliyatining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi
Eshitish qobiliyati faqat yosh o‘tishi yoki shovqin tufayli zaiflashmaydi. Bunga organizmda temir moddasi yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladigan kamqonlik ham sabab bo‘lishi mumkin.
Olimlar eshitish bilan bog‘liq turli muammolar bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotda qulog‘i og‘irlik va temir yetishmovchili o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqladi. Bu haqda JAMA Otolaryngology — Head and Neck Surgery onlayn-jurnalida xabar berildi.
Lekin temir yetishmovchiligi anemiyasini davolash oson. Agar haddan ortiq temir yetishmovchiligi va eshitish qobiliyatining yo‘qolishi o‘rtasidagi bog‘liqlik yaxshi aniqlab olinsa, bu holatni oldindan payqashga va o‘z vaqtida muolaja olishga yordam beradi.
Oldindan qulog‘i og‘irlik muammosiga sabab bo‘luvchi omillardan biri qon tomirlari kasalliklari deb hisoblab kelinadi. Bundan tashqari, temir yetishmovchiligi anemiyasi ma’lum sharoitlarda quloq shang‘illashini paydo qilishi mumkin, degan qarashlar ham bor.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.