Muskullar uyqu mustahkamligida muhim ahamiyatga ega

Muskul to‘qimalarida uyqu yetishmovchiligining salbiy ta’sir kuchini kamaytiradigan oqsillar bor. Agar muskullarda BMAL1 oqsili darajasi yuqori bo‘lsa, chala uyqudan keyin sog‘liqning tiklanishi oson kechadi.

Bu osillarning yo‘qolishi normal uyqu siklining buzilishiga va kam uyqulikdan keyingi tiklanish qobiliyatining zaiflashuviga olib keladi. Oqsil yordamida uyqu kasalliklariga yo‘liqqan yoki navbatchilikda turadigan odamlar uchun dori tayyorlash ham mumkin. Ma’lumki, chala uyqu semirish, depressiya, yurak huruji va insult xavfini oshiradi.

Oldinlari sutkalik ritmlarni faqat bosh miyadagi nerv hujayralari guruhi boshqaradi deb hisoblanardi. Miyada BMAL1 oqsilining bor-yo‘qligi uyqu vaqtidagi tiklanishga umuman ta’sir qilmaydi. Agar oqsil muskul to‘qimalaridan olib tashlansa, uyquga bo‘lgan talab kuchayadi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Kashfiyot: immunitet tizimi bosh miya singari ishlaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: