HAR BIR FARZANDGA MEHR, E’TIBOR

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi va «Sen yolg‘iz emassan» Respublika bolalar jamoatchilik fondi barkamol avlod tarbiyasi, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ota-ona mehridan bebahra qolgan bolalarga mehr ko‘rsatish borasida bir qator xayrli ishlarni amalga oshirmoqda.

O‘z navbatida, ushbu tashkilotlar hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab, joriy yilning 28 may — 3 iyun kunlari «Har bir farzandga mehr, e’tibor» shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan «Mehribonlik uy»lari tarbiyalanuvchilari, SOS bolalar mahallalari, shuningdek, O‘zbekis­ton Respublikasi Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari tizimida o‘z xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 1300 nafarga yaqin bolalari ishtirok etdi.

Bayram tadbirida bolalar tomonidan ijro etilgan quvnoq ashula va raqslar barchaga zavq ulashdi. Shuningdek, ko‘ngilochar attraksionlar bayramga kelgan bolajonlarning ko‘ngillarini xushnud etdi.

N. NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  DARD CHEKDI, ShIFO TOPDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: