Onalik va bolalik muhofazasi: muammolar o‘z yechimini topyaptimi?
Har bir QVPda doyalar faoliyat olib boradi. Patronaj hamshiralari faoliyati ham keng yo‘lga qo‘yildi. Ular aynan homiladorlar uchun nima ishlar qilayapti? Ularni faoliyatini qoniqarli deb ayta olamizmi? “Sog‘lom avlod” gazetasi tahririyati tomonidan “Onalik va bolalikni muhofaza etish” mavzuida davra suhbatida shu kabi savollarga javob berildi.
Mazkur davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan Mavludaxon Xodjayeva, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika reproduktiv salomatlik markazi bosh mutaxassisi Ikrom Amonov, Respublika perinatal markazi direktor o‘rinbosari Shohida Bobojonova, Respublika “Ona va bola skriningi” markazi mutaxassisi Muhammadjon Bosimov, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Onalik va bolalik bo‘limi boshlig‘i Jumabek Nurov va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Anjumanda asoratli tug‘ruqlar va kesercha kesish jarrohlik amaliyoti yil sayin ortib borayaptimi yoki uning kamayish holatdari kuzatilyaptimi? Fenilketonuriya, tug‘ma gipotireoz, mukovissidoz kabi irsiy xastaliklarni aniqlashda qanday laboratoriya tahlillari, homilador ayollarda skrining tekshiruvidan o‘tishi zarurati, tug‘ruq jarayonida kerakli bo‘lgan birlamchi buyumlar, rezina qo‘lqop, shprits-sistemalar, krem-mazlar, xullas bu buyumlarni sotib olib kelish doimo aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolar va shu kabi savollar xususida mutaxasssislar bilan fikr almashildi.
N.Norboboyev