Metodistlar uchun seminar o‘tkazildi

“Barkamol avlod” bolalar markazlarida metodik xizmat sifatini oshirish: muammo va yechimlar” hamda “Ommaviy tadbirlar samaradorligini oshirish omillari” mavzularida hududiy seminar-treninglar tashkil etildi.

Ushbu seminar Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida tashkil etilib, unda hududlardan tashrif buyurgan 150 nafarga yaqin soha xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, maktabdan tashqari ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik usullardan foydalangan holda ta’lim-tarbiya berishning yangi shakllarini keng joriy etish, metodik xizmat sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Seminar-trening yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berib o‘tildi.

Xalq ta’limi vazirligi

Axborot xizmati

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: