Jigar kasalliklarini so‘lak yordamida tez va oson aniqlash mumkin

Olimlar jigar kasalliklarini odam so‘lagi orqali aniqlaydigan yangi testni namoyish qildilar. U xususan, Ye gepatiti bilan kasallanishni diagnoz qilishda yordam beradi, deb yozadi The Indian Express nashri.

Dunyo bo‘yicha yiliga 20 milliondan ziyod odam Ye gepatitidan aziyat chekadi va ulardan 56000 ga yaqini vafot etadi.

Diagnostika standartiga ko‘ra bu kasallikni bemorning qoni yoki axlati orqali aniqlanadi. Yangi test anchagina oddiy (maxsus ta’lim olgan xodimlar shart emas).

Testni bir qancha antigen hisobiga biryo‘la turli xil infeksiyalarni aniqlaydigan qilib moslashtirish mumkin. Tajribalardan so‘ng u qon tahlili kabi aniqligi ma’lum bo‘ldi. So‘lak testining sezuvchanligi va o‘ziga xosligi 98 foizni tashkil etadi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  YOZ VA MIJOZ

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: