Anemiya kasalligining alomatlari

Vrach-terapevt Anna Proxonkina anemiya haqida shunday ma’lumot beradi:

Anemiya – bu qon tarkibida gemoglobin yoki qizil hujayralarning kamayib ketish holati. Klinik anemiya bir qancha alomatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ular: quvvat kamligi, charchash, seruyqulik, bosh aylanishi, bosh og‘riq, yurakning tez urishi, arteriya bosimining pasayishi, og‘ir holatlarda hushdan ketish. Qonda gemoglabin kamligi ko‘p hollarda bevosita organ va organizm to‘qimalarida temir yetishmasligidan darak beradi.

Birin ketin quyidagi belgilar paydo bo‘ladi: tirnoqlar yingichkalashib, mo‘rtlashadi, teri quruqlashadi, og‘izning chetlarida og‘riqli yoriqlar paydo bo‘ladi, ta’m sezish qobiliyati susayadi. Hid bilishning pasayishi, sochning sekin o‘sishi yoki to‘kilishi, tana haroratining ko‘tarilishi ham kasallik alomatlari sanaladi.

Gemoglobin moddasi yetishmaydigan odamning terisi rangsiz va silliq bo‘ladi. Agar V12 vitamini yetishmasligi tufayli gemoglabin kamaygan bo‘lsa, til o‘zgacha tarzda silliqlashib, qizil tusga kiradi, qo‘l va oyoqlarda sanchiq paydo bo‘ladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan alomatlar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat etish zarur.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  BOLALAR TAOMNOMASIDA ILK ShARBATLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: