Jismoniy faollik Alsgeymer xastaligiga qarshi

AQSHning Milliy akademiyasi olimlari Alsgeymer xastaligining yuzaga kelishini oldini olish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha jismoniy faollik mazkur kasallikning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Ma’lumki, Alsgeymer kasalligi miya faoliyatining susayib ketishi alomatlaridan biridir. Bu dard qarilik marazmi, deb ham ataladi. Odam xuddi yosh boladek bo‘lib qoladi. Bemor bo‘lib o‘tgan voqealarni, qaysi kun, qaysi hafta ekanligini, o‘zining yoshi, turar joyini eslab qololmaydi. Eng yomoni, xasta inson yaqinlarini, hatto turmush o‘rtog‘ini, o‘g‘il-qizlarini tanimay qoladi. Odamlar bilan o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini yo‘qotadi.

Tadqiqot o‘tkazgan olimlar bu xastalikka chalinmaslik uchun toza havoda sayr qilish, arterial bosimni doimiy ravishda nazorat qilib yurish va jismoniy mashqlar bilan doimo shug‘ullanish zarur deb ta’kidlashmoqda.

Shifokorlarning fikricha, sport bilan shug‘ullanadigan, ko‘p o‘qiydigan, ilmga tashna, hayotga qiziqadigan insonlarda bu kabi xastalik belgilari aslo kuzatilmaydi.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Astma (ziqqinafas) va allergiyaning yana bir sababi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: