Toshkent viloyatida yangi tog‘ chang‘i dam olish maskani barpo etiladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga “Amirsoy” tog‘ chang‘i dam olish maskani bosh rejasi taqdim etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tog‘ chang‘i dam olish maskani loyihasi zamonaviy yechimlari va ko‘lami bilan ajralib turadi. Bunda yilning turli fasllarida sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan tizim yaratiladi.

Prezident Toshkent viloyatining sayyohlik salohiyatidan unumli foydalanish zarurligini ta’kidlagan.

“Shunday sharoit bo‘la turib, mavjud imkoniyatlardan foydalanmayapmiz”, — degan Shavkat Mirziyoev.

Davlat rahbariga Toshkent viloyatining so‘lim go‘shalarida tajriba sifatida mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha takliflar taqdim qilingan. Bunda azaliy urf-odatlar asosidagi tadbirlarga sayyohlarni jalb etish, ularga milliy taomlar tayyorlashni namoyish etish va boshqa qiziqarli tadbirlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Yana o‘qing:  Ekologiya va salomatlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: