Saraton, diabet va yurak kasalliklariga qarshi yangi vosita

Xitoy qishloq xo‘jalik universiteti xodimlari saraton, diabet va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiruvchi binafsharang guruch navini yaratishdi. Guruchga o‘simlik pigmentlari rang beradi.

O‘simlik pigmentlari hujayralarga zarar yetkazuvchi oksidlanish jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Olimlar guruch to‘qimalari zaxirasiga pigment ishlab chiqarishda muhim bo‘lgan 8 ta genni qoylashtirish va faollashtirish usulini topdilar. Shu paytgacha bu ishni hech kim uddalay olmagandi. Xitoylik mutaxassislar bunday muvaffaqiyatga yangi TransGene Stacking II texnologiyasi orqali erishdi.

Ilgari olimlar guruch kaloriyasini kamaytirish usulini o‘ylab topganini ham eslatib o‘tish joiz. Buning uchun guruchni kokos yog‘i bilan qovurib, 12 soat sovutgichga solib qo‘yish kerak. Shundan keyingina uning kaloriyasi 60 foizga kamayib, foydalanishga tayyor bo‘ladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Dorixona xodimi bemorga dori vositasini tavsiya qilishi to‘g‘rimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: