O‘rtacha miqdorda alkogol ichish ham miyada salbiy ta’sirini qoldiradi
Oksford va London universiteti xodimlari alkogolni o‘rtamiyona iste’mol qilish ham miya strukturasini o‘zgartirishi va aqliy nuqsonlar xavfini oshirishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqot 30 yil davom etdi. Mutaxassislar 550 kishining (ko‘p ichuvchilar, o‘rtamiyona ichuvchilar va umuman ichmaydiganlar) miyasini o‘rganib chiqdi. Qatnashchilarning o‘rtacha yoshi 40 ni tashkil etdi. Ular muntazam ravishda aqliy testlardan o‘tkazib turildi.
Tekshiruvlar alkogolli ichimlik ichish xotira bilan bog‘liq bo‘lgan miya hududi faoliyatini zaiflashtirishini ko‘rsatdi. Haftasiga o‘ttizdan ortiq alkogol birligini iste’mol qiluvchi odamlarda xavf eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Biroq, o‘rtacha miqdorda alkogol ichuvchilar, umuman ichmaydiganlarga nisbatan bu muammoga anchagina ko‘p duch keldi. Alkogoldan ko‘p miqdorda foydalanish aqliy nuqsonlar va miya oq moddasi yaxlitligning pasayib ketishi bilan ham bog‘liq.
Tadqiqotchilar alkogolning umuman miyaga foydali jihatini topa olmadi. Ko‘rsatkichlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan jins, ta’lim darajasi, ijtimoiy status, jismoniy va ijtimoiy faollik darajasi, boshdan o‘tkazilgan kasalliklar, chekish kabi omillar ham hisobga olindi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.