Ochiq eshiklar kuni

Umumta’lim maktab bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga jalb etish maqsadida har yili yurtimizning barcha viloyat va tumanlarida an’anaviy tarzda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilanayotgani barchamizga ma’lum.

Kuni kecha ana shunday tadbirlardan biri O‘zDJTU qoshidagi 1-sonli akademik litseyimizda ham o‘tkazildi. Tadbir doirasida shahrimizning barcha tumanlaridan tashrif buyurgan maktab bitiruvchilari ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Gulnoza Abzalova hamda litseyimizning bir qator fidoyi ustozlari ko‘magida litsey binosini aylanib ta’lim turlari va boshqa masalalar bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, bitiruvchilar litseyimizning faol o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan qiziqarli tadbirning ham guvohi bo‘ldilar. Tadbir so‘nggida ko‘plab bitiruvchilar litseyimizda tahsil olish istagini bildirdilar.

Gulira’no OBIDOVA,

O‘zDJTU qoshidagi 1-sonliakademik litsey o‘quvchisi

Yana o‘qing:  Tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: