Ijro intizomiga qat’iy rioya qilish – taraqqiyotning muhim omili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 4 iyul kuni Toshkent shahrida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Vazirlar Mahkamasining Kommunal xizmatlar, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi hamda Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarlari bilan birga ushbu komplekslar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlarining joriy yil birinchi yarim yilligi yakunlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari, shuningdek, ikkinchi yarim yillikdagi dolzarb vazifalar to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi va har tomonlama, atroflicha muhokama qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘tgan davr mobaynida mazkur komplekslar tarkibiga kiruvchi sohalar bo‘yicha muayyan natija va marralarga erishilgan bo‘lsa-da, xotirjamlikka berilmasdan, hali yechimini kutayotgan masalalarni tahlil qilish, mavjud rezerv va imkoniyatlarni to‘liq ishga solish choralarini ishlab chiqishga asosiy e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Yana o‘qing:  Sobiq turmush o‘rtog‘imdan pul so‘rashga haqqim bormi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: