Genlar ayollarga boshqalarning fikrini o‘qishga yordam beradi

Ba’zi odamlar atrofdagilarning his-tuyg‘ularini qiyinchiliksiz anglay oladi, boshqalar uchun esa bu qiyin masala. Kembridj universiteti mutaxassislari ayollar his-tuyg‘ularni erkaklardan ko‘ra yaxshiroq farqlashini aniqladilar. Bunday qobiliyat ayollarning genida bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi The Daily Mail jurnali.

20 yil muqaddam tadqiqotchilar guruhi ko‘ngilli ishtirokchilarni yig‘ib test o‘tkazib ko‘rishni taklif qilgandi. Qatnashchilar inson hissiyotini faqatgina ko‘z qismi tasvirlangan suratga qarab topishi kerak edi. Olimlar ko‘z orqali hissiyotni tez farqlash mumkinligini aniqladi. Kutilganidek, tekshiruvda ayollar erkaklardan ko‘ra yaxshiroq natija ko‘rsatdi.

Yangi tadqiqotda olimlar 89000 nafar turli mamlakat vakillari o‘rtasida test o‘tkazdi. Mutaxassislar erkaklarga qaraganda ayollar his-tuyg‘uni ko‘z orqali yaxshiroq farqlashiga yana bir bor ishonch hosil qildilar. Bundan tashqari tadqiqot ayollarning bu qobiliyati aynan gen bilan bog‘liqligini ham ko‘rsatdi.

Xususan, ayollarda 3-xromosomaning genetik variantlari fikrni o‘qishda muhim ahamiyatga ega, erkaklarda esa bunday emas.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Kovid asoratlaridan samarali davo

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: