Mafkuraviy tahdid: endi himoyalanmaymiz, balki qarshi kurashamiz

Bu holatlar turli davrda, jahonning turli nuqtalarida sodir bo‘ldi. Tunisda sayyohlarning o‘ldirilishi, Turkiyadagi Suruch portlashi, Tunis Milliy muzeyiga hujum, Sano masjidi, Anqara, Bayrut, Parij, Istanbul, Bryussel, Nitssa, Qobuldagi portlashlar, Berlindagi hujum, Istanbuldagi tunggi klubga hujum…

Tabiiyki, bunday xunrezliklarning orqasida turli manfaatdor kuchlar turgani, bu harakatlar har qanday davlatda va har qanday paytda amalga oshirilishi mumkinligi bilan mustaqil davlatlar tinchligiga xavf solmoqda. Albatta, ushbu tahdidlarni ham odam bolasi, el orasida, shirin oilasi davrasida yashashi mumkin bo‘lgan mafkuraviy tahdidlarning qurbonlari amalga oshirib kelmoqda. Ko‘pchiligimiz ushbu tushunchani ko‘p eshitganmiz. Biroq uning paydo bo‘lish va shakllanish jarayoni haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasmiz. Ushbu maqolada dastavval shu haqda fikr yuritamiz.

Biz istaymizmi-yo‘qmi, bugun dunyo taraqqiyoti shu darajaga yetdiki, endi mafkuraviy kurash, ma’naviy salohiyat yetakchi o‘ringa chiqdi. Endi qurol-yaroqlar emas, mafkurasi, milliy g‘oyasi kuchli bo‘lgan yengib chiqadi. Mafkuraviy kurash bir jamiyat, mamlakat ichida ham, xalqaro va davlatlararo miqyosda ham davom etmoqda.

Hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar tobora keskinlashib bormoqda. Muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsion tizimni zaiflashtirish va buzishga yo‘naltirilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi mafkuraviy tajovuzlar keskinlashmoqda.

Bunday tajovuzga qo‘l urayotgan yovuz kuchlar o‘z jirkanch maqsadlariga erishish uchun har qanday usullardan, odamlarning diniy, milliy hissiyotlari, hayotda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklaridan, shuningdek, zamonaviy texnika, telekommunikatsiya vositalaridan ustalik bilan foydalanishga harakat qiladilar. Bugungi kunda ularning aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan g‘oya bilan egallashlari ya’ni buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm, axloqsizlik g‘oyalarini singdirish kabi g‘arazli maqsadlari xalqqa ayon bo‘lib bormoqda.

“Tahdid” deganda inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashini chigallashtiruvchi hamda aniq tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo‘naltirilgan ijtimoiy strukturani, to‘g‘rirog‘i, davlatning siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, yemirishga qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va nihoyat, umumsayyoraviy salbiy omillarning “kirib kelishi” tufayli yuz beruvchi makon va zamonda muayyan salbiy siyosiy ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish lozim.

Yana o‘qing:  Onam

“Tahdid” fenomeni, uning siyosiy jihatlari sayyoramizning turli mamlakatlarida ijod qilayotgan zamondosh tahlilchilar hamda siyosiy va jamoat arboblarining e’tiborini ham o‘ziga tortib kelmoqda. Shu jumladan, Reyshauyer, Nibur, Xantington, Kissinjer (AQSH), Toynbi (Angliya), Turen (Fransiya), Moiseev (Rossiya), qolaversa “Rim klubi” va Paguosh tinchlik harakati kabi ilmiy-amaliy muassasalar rahbarlari va fidoiylari faoliyatini misol tariqasida keltirish mumkin.

“Tahdid” tushunchasi to‘la ma’noda siyosiy leksikonga Prezident I.Karimov tomonidan 1994-yil 22-sentabrda so‘zlagan nutqida birinchi bor kiritildi. Shunday ekan, mamlakatimizda “Tahdid” va uni barataf qilishning ilmiy va amaliy asoslarini ochib berish, ularga chuqur tahlil berish bevosita Islom Karimov nomi bilan bog‘langan.

Tahdidlar turli-tuman: ichki va tashqi, katta va kichik, makon nuqtai nazaridan esa uzoq va yaqin bo‘lishi mumkin. Qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ularga nisbatan bamaylixotirlikka yo‘l qo‘yish yoki ularni “saralash” bilan ovora bo‘lib vaqtni boy berish hollari uchrab turadi. XX asr voqealari shundan guvohlik berib turibdiki, tahdidlarni toifalashda ularni shartli ravishda iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ekologik, demografik, mafkuraviy, harbiy, tabiiy – iqlimiy va ma’naviy tahdidlarga ajratib ko‘rish va tahlil etish mumkin.

Manbalarda mafkuraviy tahdidlarga turlicha ta’rif berilgan. Mafkuraviy tahdid – jamiyat, davlat, yoki xalq, millat, elat taqdiriga xavf solib turgan, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmui. Boshqa bir manbada esa, mafkuraviy tahdid – ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch o‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo‘rqituv, zo‘rlik yo‘li bilan boshqalarga singdirishi, deb izoh berilgan. Globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi natijasida inson uchun xavfli bo‘lgan turli xil noan’anaviy tahdidlar yuzaga kelmoqda. Bulardan eng xavflilari insonlarning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazish orqali millatlarning qadriyatlari va turmush tarzini izdan chiqarishga qaratilgan axloq-odob, oila va jamiyat hayotida jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’naviy tahdidlar hisoblanadi.

Prezidentimiz I.Karimov mafkuraviy, ma’naviy tahdidlarni xavfi haqida o‘zining ko‘plab asarlarida, ma’ruza va nutqlarida siyosatchi, ma’rifatchi, ziyoli va umuman fuqarolarimizni ogohlantirib, bu kabi tahdidlardan saqlanishga chaqiradi. Keyingi yillarda ko‘plab namoyish etilayotgan jangarilik filmlarini olaylik. Bu filmlarni ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar maroq bilan ko‘radi, chunki odamzod tabiatan mana shunday to‘polonlarni tomosha qilishga moyil. Ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizlikni o‘rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning qahramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi.

Yana o‘qing:  Bahor

Chunki ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo‘l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi. Bundan bir necha yil ilgari AQSHing Kolorado shtatiga qarashli shaharchada ikki nafar o‘quvchi sinfdoshini otib o‘ldirgani, oxiri o‘zlarining joniga qasd qilgani haqidagi shov-shuv dunyoga tarqaladi.

Kompyuterdagi mashhur “DOOM” o‘yinidan ta’sirlangan bolalar ana shunday mudhish qotillik sodir etdilar. Bunday holatlarni istagancha davom ettirish mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, bunday tahdidlar, ma’naviy tahdidlar nosog‘lom turmush tarzi asoratidir. Ushbu tahdidlar ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini ifodalaydi. Bora-bora tahdidlar shaxs axloqiy ongini buzish vositasida jamiyat hayotini izdan chiqarishga olib keladi.

Bir so‘z bilan aytganda, bugun biz yoshlar mafkuraviy tahdidlardan himoyalanmaymiz. Sababi, bu jarayonlar o‘zini to‘laqonli oqlamadi. Endi mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda o‘zimizni har jihatdan tayyorlaylik. Keyingi maqolalarda qarshi immunitetni shakllantirish borasida fikr almashamiz!

G.Ashurova

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: