Vujudni yoshartiruvchi poliz ekini

Abu Ali ibn Sino tarvuzdan jigar, buyrak kasalliklarini davolashda hamda peshob haydovchi vosita sifatida foydalangan. Tarvuz sharbati chanqoq qoldirishi bilan birga o‘t haydash xususiyatiga ham ega.

Shuning uchun yurak, buyrak va jigar kasalliklarida uni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Quritilgan po‘chog‘idan tayyorlangan damlama yo‘g‘on ichakning o‘tkir va surunkali yallig‘lanishida yordam beradi. Semiz odamlarni ozdirishda bu poliz mahsulotini muntazam is’temol qilish foydali. Shuningdek, tarvuz parishonxotirlikning ham oldini oladi. Uning urug‘i shifobaxsh xususiyatga ega. Sut bilan yaxshi aralashtirilgan damlamasi bachadondan qon ketishini to‘xtatadi, “G‘arq” pishgan mag‘zidan saharda yeyilsa gijja haydovchi vosita sifatida yaxshi samara beradi. Tarvuzni kamqonlikda, o‘t va peshob ajratish yo‘llarida tosh bo‘lganida, surunkali qabziyat (ich qotish) da 100-250 g. dan kuniga 4-5 mahal yeb turish tavsiya etiladi.

Ushbu poliz ekini tarkibida glyukoza, fruktoza va saxaroza ko‘rinishidagi 12 foizgacha yengil o‘zlashtiriladigan qandlar mavjud. Shuningdek, unda C, B1, B2, A, foliy kislotasi, pektin moddalari, karotinoidlar, kaliy tuzlari, temir, magniy va kalsiy moddalari, aminokislotalar ham mavjud.

Tarvuz muntazam ravishda ovqatdan oldin tanovul qilinsa, badanni tozalash xususiyatiga ega.

Uni zamonaviy tibbiyotda ham keng qo‘llashadi. Xususan, tadqiqotchilarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra tarvuz tarkibidagi foliy va askorbin kislotasi boshqa moddalar bilan birgalikda sklerozni davolashda yaxshi ta’sir ko‘rsatar ekan. Uning yangi tayyorlangan sharbati artrit, podagra, ichak kasalliklari, ateroskleroz kabi kasalliklarni davolashga yordam beradi. Uning peshob haydovchi xususiyati yurak va buyrak kasalliklarida paydo bo‘ladigan shishlarni yo‘q qiladi. Jigar xastaliklarida tarvuz sharbati organizmdan ortiqcha suyuqlik va xiltlarni chiqaribgina qolmasdan, uning to‘qimalarini yengil o‘zlashtiriladigan qandlar bilan ham ta’minlaydi. Shuningdek, u podagra, bo‘g‘im xastaliklari, gepatitda, aterosklerozda, qon bosimi oshganda va gastritda va ortiqcha vazndan qutulishda shifobaxsh ta’sir etadi.

Tarvuzning 90 foizi suvdan iborat. Shu bilan birga u pektin, o‘simlik oqsili, mineral moddalar (temir, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, natriy va hakozo) hamda V guruhi vitaminlariga boyligi tufayli u yog‘li va quruq teriga birday ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mag‘zi terini taranglashtiradi. Go‘yo uni yoshartiradi. Sharbatidan terining salqib qolishiga qarshi shifobaxsh vosita sifatida foydalanish mumkin. Buning uchun tarvuz sharbatiga qog‘oz salfetkani namlab, uni yuzda 15 daqiqa ushlab turish kifoya qiladi. Bunday kosmetik muolaja uchun tarvuz sharbati iliq holda qo‘llaniladi.

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Yana bunday tarvuzli muz bo‘lakchasi terini taranglashtirish va tetiklashtirish uchun qo‘llaniladi. Uni yuzga surib, 10-15 daqiqa o‘tgach sovuq suv bilan betingizni yuvib, odatiy kremdan surish zarur.

Sevara GAZIBAYEVA,

1-Respublika tibbiyot kolleji farmatsiya kafedrasi mudiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: