Mukammal saharlikning to‘rt siri

Yog‘siz go‘sht, sut mahsulotlari, shuningdek, sab­zavotlar va mevalarni ko‘proq tanovul qilishingiz tavsiya etiladi. Saharlik chog‘ida me’yorda ovqatlaning, ortiqcha yeb-ichishdan va qiyin hazm bo‘luvchi taomlarni iste’mol qilishdan saqlaning.

Diyetologlar saharlik uchun oqsilga boy taomlarni tanovul qilishni tavsiya etadilar. Chunki ular insonda to‘qlik hissini uyg‘otib, qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi. Saharlik ro‘za tutishda muhim o‘rin egallaydi. Sababi kun davomida tanamiz shu paytda tanovul qilgan taomlarimizdan hosil bo‘lgan quvvatdan foydalanadi. Oqsilga boy ovqatlar sekinroq hazm bo‘lgani uchun, ro‘zador inson o‘zini ancha vaqtgacha to‘q his qilib yuradi. Shuning uchun saharlikka yog‘siz go‘sht, tuxum, yogurt, tvorog, sut va pishloqlarni iste’mol qilish muhimligini yodda tuting. Ramazon oyida saharlikka yoki iftorlikka tuzli, o‘ta yog‘li va qovurilgan taomlarni yeyish­lik me’da uchun zararli hisoblanib, ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq kasallik­larni vujudga keltiradi.

Shuni yoddan chiqarmaslik kerak, uyqudan oldin ovqat yeyish yog‘ moddalarini to‘planishiga olib keladi. Chunki uyqu paytida tanada hazm qilish faoliyati sustlashadi. Shuning uchun yog‘ to‘planishining oldini olishda eng maqbul usul saharlik vaqtida oqsillarga boy mahsulotlar, sut mahsulotlari, shuningdek, sho‘rvalarni iste’mol qilish kerak.

Har kuni saharlik vaqtida kamida 60 gramm pishloq iste’mol qilish vujudingiz uchun foydali. Bunga qo‘shimcha ravishda yangi sabzavotlarni ham yeng. Ularda inson organizmi uchun kerakli bo‘lgan vitaminlar va mikroelementlar mavjud. Bundan tashqari saharlik chog‘ida ko‘proq suyuqlik ichish kerak. Uning miqdori eng kamida 600-700 ml. bo‘lishi tavsiya etiladi.

Ro‘za vaqtida iste’mol qilinadigan ovqatlar ro‘yxatidan dudlangan taomlarni, kolbasa va sosiskalarni hamda ziravorlarni chiqarib tashlaganingiz ma’qul. Bu mahsulotlar chanqoq hissini uyg‘otadi. Shuningdek, saharlikka shirinliklarni yemaslik ham tavsiya qilinadi. Yaxshisi, undan ularni iftorlik paytida tanovul qiling. Saharlikda dastlab ovqatlanishdan oldin ham, keyin ham bir stakan toza suv iching.

Yuqoridagilardan xulosa sifatida quyidagilarni eslatib o‘tamiz:

  1. Saharlik vaqtida yog‘siz go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalarni ko‘proq tanovul qiling.
  2. Tong otmasdan saharlik qilish kerak va taomlanib bo‘lgan zahotiyoq uxlashga yotmang.
  3. Saharlikni o‘tkazib yubormang, aks holda bu sog‘ligingiz uchun yomon ta’sir ko‘rsatadi.
  4. Yog‘li, shirin va qiyin hazm bo‘ladigan taomlarni tanovul qilishdan cheklaning.
Yana o‘qing:  NURLI LAHZALAR

Abdulatif IRGASHEV

tarjimasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: