Diabetiklarga gulkaram (brokkoli) iste’mol qilish tavsiya etiladi
Gulkaramning juda foydali mahsulot ekanligi allaqachon isbotlangan. Oldingi tadqiqotlar ma’lumotiga ko‘ra gulkaram xolesterin miqdorini kamaytiradi, suyakni mustahkamlaydi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, hatto o‘smaning rivojlanishini to‘xtatish xususiyatiga ega. Yangi tadqiqot esa gulkaram 2-turdagi qandli diabet kasalligiga qarshi kurashishda foyda berishini ko‘rsatdi. Mutahassislar gulkaram ekstrakti qandli diabet kasalligiga yo‘liqqan insonlarning qoni tarkibidagi shakar miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega deb hisoblashmoqda.
2-turdagi qandli diabet kasalligidan dunyoda 450 milyonga yaqin odam azob chekadi. Ulardan 15 foizi buyrak shikastlanishi xavfi bo‘lgani uchun diabetga qarshi preparat qabul qila olmaydi. Tadqiqotchilar kalamushlarda sinov-tajriba o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, gulkaram tarkibidagi sulforovan moddasi jigar xujayralari mavjud glyukozalar ishlab chiqarishni tezlashtiradi va diabet bilan bog‘liq genlarning ta’sirchanligini oshiradi. Sulforofan moddasining ta’siri metformin (diabetga qarshi preparat) ta’siri bilan taqqoslandi.
Olimlar o‘tkazgan boshqa bir tadqiqotda 2-turdagi qandli diabet va yog‘ bosish kasalligiga yo‘liqqan 97 nafar bemor qatnashdi. 13 haftadan keyin gulkaram ekstrakti ishtirokchilarning qon tarkibidagi glyukoza va gemoglobin (qizil qon sharchalari tarkibida bo‘ladigan va unga qizil rang beradigan modda) miqdorini kamaytirgani aniqlandi. Tadqiqot jarayonida olimlar kasallikni davolash xususiyati bo‘lgan 3852 ta birikmani ham o‘rganishdi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.