Kitobga mehr uyg‘otishning 10 ta yangi usuli

Farzandingizga mehrni aql va mas’uliyat uyg‘unligida bering. Uni kitobga mehrini uyg‘otishning 10 ta yangicha usuli hamda mutolaaning farzandingizga foydali jihati haqida bilib oling.

– Bolangizga ertak o‘qib yoki aytib beryapsizmi? Unda ertak qahramonlari roliga kiring. Ya’ni, ovozingiz, harakatlaringiz shunga monand bo‘lsin.

– Dam olish kunlari ma’lum bir vaqtni kitob o‘qishga bag‘ishlang. Bunda atrofingizga bir qancha kitoblarni to‘plab, bolangizga o‘rnak bo‘ling. Chunki, hech qaysi usul bolaga shaxsiy namunachalik ta’sir qilmaydi.

– Bayramlarda, tug‘ilgan kunlarda oila a’zolari bir-birlariga kitob sovg‘a qilishni an’anaga aylantirishi lozim. Bunda kitobni noyob sovg‘a ko‘rinishida taqdim qilish maqsadga muvofiq.

– Bolangiz o‘qib bo‘lgan har bir kitobi uchun alohida vaqt ajratib, uni eshitishingiz va albatta ma’naviy tomondan rag‘batlantirib borishingiz shart.

– Har bir kitobxon kabi bolangizni ham o‘zi suygan kitobi bo‘lishga o‘rgating.

Kitobni bolangiz hayotining bir bo‘lagiga aylantira oldingizmi, endi siz mutolaa orqali farzandingizga qanday foyda keltirib, ota-onalik vazifangizni qay darajada bajarganingizni his qiling.

– kitob o‘qigan bolaning asablari tinchlanadi, muayyan muddatdan so‘ng miya uxlash vaqti bo‘lganini tushunadi.

– u turli xavotir, noxush fikrlardan chalg‘ishning eng qulay usulidir. Chunki, bolalarga xos fobiya (qo‘rquv)lar mavjud.

– kitob o‘qish boladagi jizzakilikni yo‘qotadi.

– mutolaa miyadagi asab tolalari sonini oshiradi.

– xushmuomalalikni o‘rgatadi.

– kitob o‘qigan bola mustaqil fikrga ega bo‘ladi.

Asosiysi, inkor qilib bo‘lmaydigan bir haqiqat bor – kitob o‘qigan boladan hech qachon yomonlik chiqmaydi.

Hilola XO‘JAMIYOROVA,

Qumqo‘rg‘on “Qorsoqli” xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi

Yana o‘qing:  Buxoroda “Ipak va ziravorlar” festivali

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: