So‘z sehri
Har bir gap-u so‘zimiz —
Go‘yo oyna-ko‘zgumiz.
Aytgan har so‘zimizda,
Ko‘rinamiz o‘zimiz.
Qanday yaxshi so‘z-kalom,
Odob boshi “Assalom”.
Xush yoqadi hamma vaqt:
“Rahmat”, “Xo‘p-xo‘p”, “Marhamat”.
Yayratadi dilingni,
Do‘stlarning “xush keling”i.
So‘nggi so‘z ham alomat:
“Xayr, bo‘ling salomat”
Dilshod RAJAB