Bobo, qancha yoshdasiz?
– Bobo, kenja nabirangiz
Necha yoshga chiqdi hozir?
– Kenjam Nazir,
Men qanchaga chiqqan bo‘lsam,
Shuncha oylik bo‘ldi, bo‘tam.
– Siz qanchaga chiqdingiz?
Qaytib-qaytib so‘rar Javlon.
– Yetmish sakkiz yoshga chiqdik,
Nabiramiz ikkovlon.
– Vuy, qiziq-a, xo‘sh qanday?
– Mening yoshim unikiga qo‘shganda…
Kim topadi Ro‘zmat bobo
Qancha yoshga to‘lganligin?
Nabirasi Nazir esa
Necha oylik bo‘lganligin?..