Xayr, maktab! Calom kollej!

Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “Xayr, maktab! Salom, kollej!” shiori ostida tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

May oyi yakunlanib borar ekan o‘quvchilar qalbida ajib hislar jo‘sh ura boshlaydi. Kechagina maktab ostonasiga ilk qadamini qo‘ygan jajji o‘g‘il-qizlar bugun jonajon maskan bilan xayrlashish arafasida. Endi ular zimmasida o‘z kelajagini belgilab beruvchi muhim qarorlar qabul qilishdek, mas’uliyatli vazifa turibdi.

2016–2017 o‘quv yilida yurtimizdagi umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlayotgan 467 ming 19 nafar o‘quvchini ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish maqsadida bir necha bor so‘rovnomalar o‘tkazildi. Yakunda ularning 44 900 nafari akademik litseylarda, 422 118 nafari esa kasb-hunar kollejlarida o‘qish istagini bildirdi.

9-sinf bitiruvchilari uchun “Men tanlagan kasbning kelajak hayotimdagi o‘rni” mavzusida insholar tanlovi, “Kasblar festivali”, “Ochiq eshiklar kuni”da o‘zi yashab turgan hududdagi ishlab chiqarish korxonalari, fermer ho‘jaliklari, ta’lim muassasalariga sayohat va ekskursiyalar tashkil etildi. Unda bitiruvchilar o‘zi tanlagan akademik-litsey va kasb-hunar kollejlariga, ishlab chiqarish korxonalariga ota-onalari bilan birga tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Poytaxtimizdagi 59-sonli davlat ixtisolashtirilgan umumta’lim maktabida ham mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan o‘quvchilarga o‘z iqtidori, salohiyati hamda orzu-istaklaridan kelib chiqqan holda kasb tanlashlari uchun ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borildi.

– Joriy yil o‘quv dargohimizni 95 nafar o‘quvchi bitiradi, – deydi 59-sonli DIUM ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bahodir Ismatullayev. – Ularga o‘z orzu-istaklaridan kelib chiqqan holda kerakli tavsiyalar berildi.

Barcha bitiruvchilarni tanlagan yo‘llari oydin bo‘lishiga tilakdoshmiz.

Mayna HASANOVA

Yana o‘qing:  Go‘shtli pirog

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: