Tadbirkorning serdaromad tuyaqushlari

Yurtimizda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar aholini qo‘shimcha daromad olishi uchun bir muncha qulayliklar yaratmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar zamirida ham el farovonligi, yurt obodligini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam.

Ana shunday shart-sharoitlardan ilhom olgan Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Guvalak qishlog‘ida yashovchi Samandar Sultonov ham tadbirkorlikni boshidan tutdi. Ko‘p yillardan beri rejalashtirib yurgan ezgu niyatini amalga oshirib, qishlog‘ida parrandachilik sohasiga ixtisoslashgan “DO‘ST” xususiy firmasini tashkil qildi. Tadbirkor ishni dastlab 18 ta Afrika tuyaqushini parvarishlashdan boshladi.

– O‘zbekiston sharoitida tuyaqush boqib, undan daromad qilish biroz tavakkal ish, – deydi Samandar Sultonov. – Men ham avvalida rosa o‘ylandim. Lekin tadbirkorda aniq va puxta reja bo‘lsa, boshlagan ishi unga muvaffaqiyat keltirishini o‘zimning misolimda amin bo‘ldim.

Tadbirkorning aytishiga qaraganda tuyaqush tabiatga tez moslashuvchan, sovuqqa chidamli bo‘ladi. U 80 yil umr ko‘radi, uch yoshidan tuxumga kiradi, besh yoshidan boshlab jo‘ja ochadi. Bu jonivor alohida parvarishni talab etadi. Bitta tuyaqush bir kunda 2,5 kilogramm ovqat yeydi. Unga asosan 12 xil aralashmadan iborat yem beriladi. Bundan tashqari qushlar 0,5 kg. beda iste’mol qiladi. Ushbu ozuqa tuyaqushlarning eng sevimli yemishi sanaladi.

Bu qush 4 yilda reproduktiv yoshga yetadi va parrandachilikda bunday tuyaqushlar “Brider” deb yuritiladi. Ularning o‘rtacha tuxum qo‘yish yoshi 10-15 yil, zotdor tuyaqushlar 40 yilgacha tuxum qo‘yadi. Bitta tuyaqush 10-12 yil davomida qo‘ygan tuxumdan chiqqan jo‘ja go‘shti o‘rtacha 72 tonnaga yetishi mumkin. Katta yoshdagi qushning bo‘yi 2,7 metr, vazni 150 kilogrammdan ortiq bo‘ladi. Bir tuyaqush oilasi 1 mavsum – 10 oy davomida 80-100 tagacha jo‘ja ochishi mumkin. Ta’kidlash joizki, 1 bosh tuyaqushdan 40-45 foizgacha go‘sht olinadi. Bu yirik va mayda shoxli mollar, hatto boshqa parrandalar go‘shtidan ham ko‘pdir. Uning go‘shti dunyo oziq-ovqat bozorida mazali va xolesterini kam, parhezbop mahsulot sifatida qadrlanadi. Tuyaqushning go‘shtida marganets, fosfor, kaliy moddalari mavjud.

Tuxumining vazni 1200 gramdan 2200 gramgacha bo‘lishi mumkin. U 55 kilogramm og‘irlikka bardosh bera oladigan darajada mustahkam. Umumiy energetik quvvati tovuqning tuxumiga qaraganda 1,35 marotaba kamroqdir. Ammo kam kaloriyali tuxum yuqori organoleptik ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Uning tarkibida 19,5 mkg /g vitamin, A 36,6 mkg/g karotinoid, 116,5 mkg/g vitamin Ye mavjud. Shuningdek, uning tarkibida kam ko‘rsatkichli xolesterin borligi bilan ahamiyatlidir. Bu tuxumlarni 3 oygacha saqlash mumkin.

Yana o‘qing:  Qo‘shxotinlining qo‘nog‘i bo‘lma

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tuyaqush terisidan ayollar sumkasi, tirnog‘idan brilliant va olmoslarni tozalovchi kukun, patidan esa par yostiqlar, shuningdek, yumshoq mebellarni qoplashda qimmatbaho xomashyo sifatida foydalaniladi. Zamonaviy tibbiyotda uning pay tomirini inson a’zosiga transplantatsiya qilishda keng qo‘llanilmoqda. Kosonlik tadbirkor ham tuyaqushlarni parvarishlashga kirishishdan avval jonivorlarning ana shu jihatlarini e’tiborga olgan bo‘lishi aniq.

Samandar akaning tuyaqushlari ancha qo‘lga o‘rganib qolgan. Jonivorlarni o‘z vaqtida parvarishlash uchun fermada 2 nafar ishchi mehnat qiladi. Ayni damda tadbirkor xususiy firmasi uchun ajratilgan 8 gektarli yerga qo‘shimcha kurkachilik, tovuqchilik, o‘rdakchilik kompleks xo‘jaligini tashkil etib, ishchi o‘rinlar sonini oshirish niyatida.

– Nasib qilsa, ikki yildan so‘ng ikki yuz millionga yaqin daromad ko‘rish niyatimiz bor, – deydi Samandar aka. – Eng muhimi, intilish va mehnatdan qochmaslik lozim. Ana shunda daromad ham kutilgandek bo‘ladi.

 

Ma’rifat TOLIPOVA,

Gulchehra ShOMALIKOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: