Sportchi otaning chempion o‘g‘li

So‘nggi yillarda mamlakatimizda bolalar sporti sohasida salmoqli yutuqlarga erishilmoqda. Yurtimizda har bir yosh avlod iste’dodini aniqlab, uni rivojlantirish yo‘lida barcha sharoitlar yaratilgan.

Muhammadamin Norov ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanyotgan tirishqoq yoshlarimizdan. U bir necha bor kombat-aykido sport turi bo‘yicha Toshkent shahar va respublika chempionatlarida faxrli o‘rinlarga sazovor bo‘lgan. Yosh sportchi 2016 yil Tailandning Bankok va AQSHning Nyu-York shaharlarida sambo kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada ham ustozlari ishonchini oqlab, yakunda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

– Sportchi bo‘lishimga asosan otam sababchi bo‘lgan, – deydi Muhammadamin. – U kishi sportning muaytay, kikboksing, kombat-aykido turlari bilan shug‘ullanadi. Kelajakda Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lmoqchiman.

Tilagimiz, yurtimiz sporti rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan ana shunday iqtidorli yoshlarimiz safi kengayaversin.

 

Mastura HAKIMOVA

Yana o‘qing:  Favvoralarning maftunkor jilvasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: